» » TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI: ISLOHOTLAR BILAN HAMNAFAS

TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI: ISLOHOTLAR BILAN HAMNAFAS

122 0
Tuman Tibbiyot birlashmasida soʻnggi yillarda keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati ham oshdi. Murojaat etib kelayotgan bemorlarga tezkorlikda davo ulashish imkoniyati yaratildi.
Shifokorlik bu men uchun baxt, -deydi 40 yillik tajribaga ega Tibbiyot birlashma boshlig’i, tibbiyot fanlari doktori, Sog’liqni saqlash a’lochisi,oliy toifali onkolog, oliy toifali tashkilotchi Toʻraqul Xoliqov. Bu soha orqali xalq orasida e’tirof etildim. Hurmat, ehtiromga sazovor boʻldim. Agar yana qayta tug’ilish imkoni berilganida yana shifokorlikni tanlagan boʻlardim. Albatta, sharafli kasbimizning mashaqqati bor. Mashaqqatlarda toblanganlar esa yaxshi natijalarga erishadi.